Sayt test rejimida ishlamoqda!

"Toshkent issiklik elektr markazi" AJning hurmatli aktsiyadori!

"Toshkent issiklik elektr markazi" AJ ushbu bilan 2022 yil 28 iyul kuni "qimmatli qog'ozlar Markaziy depozitariysi" DK tomonidan tashkil etilgan "elektron ovoz berish - eVOTE" servis tizimi orqali Internet tarmog'ida masofadan turib ovoz berish yo'li bilan "Toshkent issiklik elektr markazi" AJ aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi o'tkazilishi to'g'risida xabardor qiladi.

Aktsiyadorlarni (ularning vakillarini) ro'yxatga olish soat 10:30 dan – 11:00 gacha "elektron ovoz berish - eVOTE" servis tizimi orqali amalga oshiriladi.
Aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi soat 11-00 da boshlanadi.
Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan:
     - Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazilishi to'g'risida aktsiyadorlarni xabardor qilish uchun jamiyat aktsiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi 2022 yil 07 iyul etib belgilangan.

     - Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida ishtirok etish uchun jamiyat aktsiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi
2022 yil 22 iyul etib belgilangan.


"Toshkent issiklik elektr markazi" AJ aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi kun tartibi:

   1.  Umumiy yig'ilish reglamentini tasdiqlash.

   2.  Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishidagi sanoq komissiyasi tarkibi va a'zolarini tasdiqlash to'g'risida.

   3.  "Toshkent issiklik elektr markazi" AJni "issiklik elektr stantsiyalari" AJga qo'shib olish yo'li bilan jamiyatni qayta tashkil etish to'g'risida.

   4.  Qo'shib olish shartnomasini tasdiqlash to'g'risidagi.

   5.  Topshirish dalolatnomasini tasdiqlash.

   6.  Aktsiyadorlarning talabnomasi asosida aktsiyalarni jamiyat tomonidan qaytarib sotib olish jarayonida "Toshkent issiklik elektr markazi" AJning 1 dona imtiyozli aktsiyalarining qiymatini tasdiqlash to'g'risida.