«Toshkent Issiqlik elektr markazi» aksiyadorlik jamiyatining
navbatdagi aksiyadorlar umumiy yig’ilishini o’tkazish to’g’risida
XABARNOMA
Hurmatli aksiyador! Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko’chasi, 58-uy (pochta manzili:100090, telefon raqami: 255-24-39, faks raqami: 215-60-91, elektron pochta manzili: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.) manzili bo’yicha joylashgan «Toshkent Issiqlik elektr markazi» aksiyadorlik jamiyati 2015 yil 30 iyun kuni soat 11:00 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko’chasi, 58-uyda aksiyadorlik jamiyatimizning navbatdagi aksiyadorlar umumiy yig’ilishi bo’lib o’tishini ma’lum qiladi.
Kun tartibi:
1. Jamiyat direktorining «2014 yil uchun jamiyatni rivojlantirish biznes rejasining asosiy mezonlarini bajarish to’g’risida»gi yillik hisobotini tasdiqlash.
2. Jamiyat direktori lavozimini egallab turgan R.G. Mubarakshin bilan mehnat shartnomasini 1 yil muddatga uzaytirish. Ma’ruza qiluvchi – Kuzatuv kengashi raisi – L.I. Nurullayev.
3. Kuzatuv kengashining 2014 yilda korporativ boshqaruv me’yorlariga rioya qilish bo’yicha hisobotini tasdiqlash. Ma’ruza qiluvchi – Kuzatuv kengashi raisi – L.I. Nurullayev.
4. Jamiyatning 2014 yil uchun moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo’yicha Taftish komissiyasi akti va jamiyatga jalb etilgan (tashqi) auditor xulosasini tasdiqlash. Ma’ruza qiluvchi – D. Pidayev.
5. Jamiyat Kuzatuv kengashi tarkibiga a’zolar saylash. Ma’ruza qiluvchi – Kuzatuv kengashi raisi – L.I. Nurullayev.
6. 2014 yil uchun yillik hisobot, buhgalteriya balansi, moliyaviy natijalar, daromadlar va zararlar hisoblari to’g’risidagi hisobotni tasdiqlash. Ma’ruza qiluvchi – D. Pidayev.
7. 2014 yil yakunlariga ko’ra jamiyat daromadlari va zararlarini taqsimlash, yillik dividendlarni to’lash tartibi va hajmini tasdiqlash. Ma’ruza qiluvchi – Kuzatuv kengashi raisi – L.I. Nurullayev.
8. 2015 yil uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatlariga haq to’lash miqdorini belgilash. Ma’ruza qiluvchi – ichki audit xizmati boshlig’i O.Yu. Fomenko.
9. Jamiyat Taftish komissiyasi a’zolarini saylash. Ma’ruza qiluvchi – Kuzatuv kengashi raisi – L.I. Nurullayev.
10. Jamiyat tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
11. Jamiyat nizomiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritishni tasdiqlash.
12. ««ToshkentIEM» AJ ijroiya organi to’g’risida», ««ToshkentIEM» AJ umumiy yig’ilishi to’g’risida» va ««ToshkentIEM» AJ kuzatuv kengashi to’g’risida»gi nizomlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritishni tasdiqlash.
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining quyidagi materiallari bilan tanishish uchun «Toshkent Issiqlik elektr markazi» aksiyadorlik jamiyatiga murojaat qilishingiz mumkin:
1. Jamiyat tashkiliy tuzilmasi loyihasi;
2. Yangi tahrirdagi jamiyat nizomi loyihasi;
3. Yangi tahrirdagi «Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi to’g’risida», «Kuzatuv kengashi to’g’risida», «Ijroiya organi to’g’risida» va «Taftish komissiyasi to’g’risida»gi nizomlar loyihalari.
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun pasport yoki aksiyadorning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, aksiyadorlar vakillari esa, shuningdek, O’zR qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan)ga ega bo’lish zarur.
«ToshkentIEM» AJ Kuzatuv kengashi