Sayt test rejimida ishlamoqda!

Diqqat tanlov!

Ishlab chiqarish ob'ektlarida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish.

Ish beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish tanlovda ishtirok etish shartlari:
- boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun barcha xavflardan sug'urta qilish;
- sug'urta qilish muddati – 1 yil;
- sug'urta qilish sohasidagi tajribasi – 10 yildan kam bo'lmagan muddat;
- xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini sanoat xavfsizligini sug'urta qilish, oldindan ko'riladigan choralarni moliyalashtirish uchun 30 foizdan kam bo'lmagan miqdordagi mablag'larni qaytarish sharti bilan.
2. Tijorat taklifida quyidagilarni ko'rsatib o'tish lozim:
- sug'urta kompaniyasi haqidagi umumiy ma'lumot;
- davlatning yirik tashkilotlari (ko'rsatib o'tish zarur) bilan majburiy sug'urtalash sohasidagi amaliy tajribasi to'g'risidagi ma'lumot;
- sug'urtalashning umumiy muddati uchun sug'urtalash mukofotini tarifi (mukofot stavkasi va summasi)
- sug'urta holatlarini oldini olishi uchun yo'naltirilgan chora – tadbirlarni moliyalashtirish uchun to'langan sug'urta mukofoti komissiyasini taqdim etilayotgan foizining miqdori to'g'risidagi ma'lumot.
3. Zarur bo'lgan hujjatlar:
- vakolatli reyting agentligi tomonidan berilgan moliyaviy ishonchliligi to'g'risidagi sertifikat;
- mazkur majburiy sug'urtalash turini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya nusxasi.
Tijorat takliflarini qabul qilish muddati: 25.12.2021 yilga qadar.
Tanlov takliflari quyidagi manzil bo'yicha qabul qilinadi:
Toshkent shahar, 100022, Bobur ko'chasi 58, "Toshkent IEM" AJ Bosh direktori V.A.Belousov nomiga.
Ma'lumot uchun telefonlar: (0-371) 255-35-21