Sayt test rejimida ishlamoqda!

Ijroiya organi to’g’risidagi nizom (2015 y.)

 

«ToshIEM» AJ

aksiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan

«TASDIQLANGAN»

Nurullayev L.I.

__________________

   «___»_____________ 2015 y.

___ - sonlibayonnoma

                          M.O’.

 

 

«TOSHKENT ISSIQLIK ELEKTR MARKAZI»

AKSIYADORLIK JAMIYATI

IJROIYA ORGANI TO’G’RISIDAGI NIZOM

 

Toshkent – 2015

 

MUNDARIJA

1. Umumiy qoidalar

2. Bosh direktorni saylash (tayinlash) va vakolatlarini bekor qilish tartibi

3. Jamiyat bosh direktorining huquq va majburiyatlari

4. Jamiyat bosh direktorining mas’uliyati

 

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Nizom «Toshkent issiqlik elektr markazi» (keyinchalik - jamiyat) aksiyadorlik jamiyati ijroiya organi maqomi va faoliyati, jamiyat bosh direktorini saylash (tayinlash), shuningdek uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

1.2. Jamiyatning joriy faoliyatini boshqarish yakka tartibdagi ijroiya organi – bosh direktor tomonidan amalga oshirilib, uning vakolatlari qonunchilik, jamiyat nizomi, mehnat shartnomasi va mazkur Nizom bilan belgilanadi.

1.3. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq ijroiya organi vakolatlari shartnoma asosida tijorat tashkiloti (vakolatli boshqaruvchi)ga topshirilishi mumkin.

1.4. Mazkur Nizom jamiyat nizomi, O’zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish tog’risida»gi Qonun va O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

2. BOSH DIREKTORNI SAYLASH (TAYINLASH) VA VAKOLATLARINI BEKOR QILISH TARTIBI

2.1. Jamiyat bosh direktori, umumiy qoidalarga muvofiq, xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo’lgan tanlov asosida tanlab olish yo’li bilan bir yil muddatga jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan saylanadi (tayinlanadi).

2.2. Bosh direktor lavozimiga nomzod shaxs jinoiy javobgarlikka tortilganligi holatlari haqida jamiyatni xabardor qilishi zarur.

2.3. Bosh direktor lavozimiga u yoki bu nomzodni taklif qilish chog’ida kuzatuv kengashi raisi shartnoma tuzish, ish haqi miqdori, boshqaruv faoliyati uchun mukofot va boshqa haqlar to’lash shartlari, nomzodning shaxsiy arizasi bilan taqdiqlangan shartnomani imzolash uchun nomzodning rozi ekanligi haqida xabardor qiladi.

2.4. Kuzatuv kengashining bosh direktorni saylash (tayinlash) to’g’risidagi qarori majlisida ishtirok etayotgan kuzatuv kengashi a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

2.5. Jamiyat bosh direktori lavozimiga nomzodlar o’z nomzodlari ko’rib chiqilayotgan vaqtda kuzatuv kengashi majlisida qatnashishlari mumkin.

2.6. Bosh direktor lavozimiga nomzod saylanganidan (tayinlanganidan) so’ng kuzatuv kengashi bir yil muddatga bosh direktor majburiyatlarini bajarish uchun u bilan shartnoma imzolaydi va shartnomani uzaytirish yoki bekor qilish mumkinligi to’g’risida har yili qaror qabul qiladi. Jamiyat nomidan shartnomani kuzatuv kengashi raisi yoki jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan vakil etib tayinlangan shaxs imzolaydi. Bosh direktor bilan imzolanadigan shartnomada uning jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha majburiyatlari, shunungdek jamiyat aksiyadorlar umumiy yig’ilishi va kuzatuv kengashi oldidagi jamiyat yillik biznes-rejasini amalga oshirish jarayoni to’g’risidagi hisobotlarining davomiy bo’lishi ko’zda tutilishi zarur.

2.7. Bosh direktorni mukofotlash miqdori jamiyat faoliyati samaradorligiga bevosita bog’liq va moliyaviy yil yakunlariga ko’ra belgilanadi.

2.8. Kuzatuv kengashi jamiyat bosh direktori tomonidan shartnoma shartlari buzilgan hollarda u bilan shartnomani bekor qilish huquqiga ega.

2.9. Jamiyat bosh direktori tomonidan jamiyat nizomining qo’pol ravishda buzilishi yoki uning xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar yetkazilishi yuz bergan hollarda Kuzatuv kengashi u bilan tuzilgan shartnomani muddatdan avval bekor qilish huquqiga ega.

2.10. Kuzatuv kengashining bosh direktor bilan shartnomani bekor qilish, jumladan muddatidan avval bekor qilish to’g’risidagi qaror majlisda ishtirok etayotgan kuzatuv kengashi a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

2.11. Kuzatuv kengashi tomonidan jamiyat bosh direktori vakolatlarini bekor qilish to’g’risidagi qaror qabul qilingan hollarda jamiyat direktori vakolatlarini boshqa bir shaxsga topshirish to’g’risidagi masalaning aynan shu majlisda hal qilinishi yoki jamiyat bosh direktori majburiyatlarini vaqtinchalik bajaruvchi shaxs tayilangan holda kelgusi majlisda ko’rib chiqish uchun qoldirilishi mumkin.

3. JAMIYAT BOSH DIREKTORINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

3.1. Jamiyat bosh direktori vakolatlariga, faqat aksiyadorlar umumiy yig’ilishi yoki kuzatuv kengashi vakolatlariga kiruvchi masalalardan tashqari, jamiyatning joriy faoliyati bo’yicha barcha bosharuv masalalari kiradi.

3.2. Bosh direktor qonunchilik, jamiyat nizomi, mazkur nizom, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlari, jamiyat aksiyadorlar umumiy yig’ilishi va kuzatuv kengashi qarorlari bilan belgilab qo’yilgan vakolatlar doirasida faoliyat yuritadi.

3.3. Bosh direktor quyidagi huquqlarga ega:

  • - jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritish, davlat muassasalari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilot va korxonalarda jamiyat manfaatlarini ifoda etish;
  • - jamiyatning bank va boshqa moliyaviy xujjatlarida birinchi imzo chekish huquqi bilan banklarda to’lov, valyuta va boshqa hisoblar ochish;
  • - jamiyat nomidan bitimlar tuzish va jamiyat mijozlari, shuningdek boshqa tashkilot va korxonalar bilan shartnomalarni imzolash;
  • - jamiyat nomidan xujjatlarni imzolash;
  • - o’z vakolatlari doirasida jamiyat mol-mulki va pul mablag’larini tasarruf qilish;
  • - xodimlar shtat jadvalini belgilash va ma’qullash;
  • - xodimlarni ishga olish, ular bilan mehnat shartnomalari tuzish va bekor qilish, ularga nisbatan ma’muriy choralarni qo’llash, mehnat va ijro etish intizomiga rioya qilinishini ta’milash;
  • - O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunuchiligi va boshqa me’yoriy xujjatlarga muvofiq jamiyat xodimlari mehnatiga haq to’lash (barcha turdagi mukofotlar, ustama va qo’shimcha haqlar, mehnat jaroyonida ishtirok etish koeffisenti)ni belgilash;
  • - jamiyat tuzilmaviy bo’linmalari to’g’risidagi nizom va jamiyat xodimlari xizmat vazifalarini taqdiqlash;
  • - jamiyat nomidan ishonchnomalar taqdim etish;
  • - jamiyatning barcha xodimlari ijro etishi majburiy bo’lgan buyruq va farmoyishlar chiqarish hamda ko’rsatmalar berish;
  • - aksiyadorlar umumiy yig’ilishi yoki kuzatuv kengashi vakolatlariga kiruvchi ichki me’yoriy xujjatlarni tasdiqlashdan tashqari, jamiyatning ichki me’yoriy xujjatlalarini tasdiqlash;
  • - qonunchilik, jamiyat nizomi va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlar.
  • 3.4. Bosh direktor majburiyatlari:
  • - aksiyadorlar umumiy yig’ilishi va kuzatuv kengashi vakolatlariga kiruvchi masalalardan tashqari, jamiyatning joriy faoliyati ustidan boshqaruvni amalga oshirish hamda uning samarali va barqaror faoliyatini ta’minlash;
  • - davlat muassasalari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilot va korxonalarda jamiyat manfaatlarini himoya qilish;
  • - jamiyat aksiyadorlar umumiy yig’ilishi va kuzatuv kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etish;
  • - jamiyat tuzilmaviy bo’linmalarining o’zaro samarali faoliyatini ta’minlash;
  • - jamiyatning shartnomalar bo’yicha majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;
  • - ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun zarur miqdorda daromad olinishini ta’minlash;
  • - jamiyatni rivojlantirish dasturlari va biznes-rejalarini ishlab chiqish hamda ularning ijrosi ustidan nazorat o’rnatilishini tashkil etish;
  • - jamiyat faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’munlash;
  • - jamiyat buhgalterlik hisobi va hisob-kitob xujjatlarining tegishli holatda bo’lishi va aniqligini tashkil etish, tegishli organlarga yillik hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar, shuningdek aksiyadorlar, kreditorlar va boshqa shaxslarga yuboriladigan jamiyat faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarning o’z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
  • - yillik biznes-rejasining bajarilishi yuzasidan har chorakda kuzatuv kengashiga hisobot berish;
  • - kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi yoki jamiyat auditori talablariga ko’ra jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyati to’g’risidagi xujjatlarni qarshiliksiz taqdim etish;
  • - davlat statistika hisobotining to’liqligi va ularni tegishli organlarga o’z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
  • - jamiyat tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni saqlash, uning majburiyatlari doirasiga shu singari ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga yetkazish kiruvchi hollar bundan mustasno. Jamiyat tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar ro’yxati kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi;
  • - xizmat yoki tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning jamiyat xodimlari tomonidan saqlanishini ta’minlash;
  • - jamiyatni malakali kadrlar bilan ta’minlash, jamiyat xodimlarining bilimi, malakasi, tajribasi va qobiliyatlaridan unumli foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish;
  • - mehnat intizomini saqlash;
  • - jamiyat xodimlarining mehnatini muhofaza qilish va ijtimoiy kafolatlariga rioya etilishini ta’minlash;
  • - jamoaviy muzokaralarda ishtirok etish, jamoaviy shartnoma va bitimlarni tuzish chog’ida ish beruvchi sifatida namoyon bo’lish, jamoaviy shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarish;
  • - jamiyat aksiyadorlar umumiy yig’ilishi va kuzatuv kengashiga o’z vakolatiga kiruvchi ishlar holati to’g’risidagi hisobotni belgilangan muddatda taqdim etish;
  • - aksiyadorlar uchun amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgan ma’lumotlarni olish bo’yicha ularning barcha huquqlariga rioya etilishi, aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ishtirok etish, dividendlarni hisoblash va to’lash;
  • - jamiyat tomonidan bitim tuzilgan vaqtda u affilangan bo’lsa, bu haqda jamiyat kuzatuv kengashini xabardor qilish;
  • - amaldagi qonunchilik, jamiyat nizomi va jamiyatning boshqa ichki xujjatlari talablariga rioya etish.

3.5. Jamiyat bosh direktorning muayyan huquq va majburiyatlari u bilan tuziladigan shartnomada bayon etiladi.

3.6. Ham jamiyat bosh direktori, ham boshqa tashkilotlar boshqaruv organlaridagi muayyan lavozimni egallash faqat jamiyat kuzatuv kengashi roziligi bilan ruxsat etiladi.

4. JAMIYAT BOSH DIREKTORINING MAS’ULIYATI

4.1. Jamiyat bosh direktori o’z huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarini bajarish chog’ida jamiyat manfaatlari yo’lida faoliyat yuritishi va belgilangan tartibda mas’ul bo’lishi zarur.

4.2. Jamiyat bosh direktori shu lavozimda faoliyat yuritish davrida mahsulotlarni sotish yoki jamiyatga xizmat ko’rsatishda qiyinchiliklarni yuzaga keltiruvchi tashkilotlarni ta’sis qilish yoki ta’sis qilishda ishtirok etish huquqiga ega emas. U jamiyatga bosh direktor etib tayinlanganidan so’ng bu singari korxonalardagi o’z faoliyati (ishtiroki)ni to’xtatishi va bu haqda jamiyat kuzatuv kengashini xabardor qilishi zarur.  

4.3. Bosh direktor o’z vazifalarini bajarmaslik yoki tegishli ravishda bajarmaslik natijasida keltirilgan zarar, hamda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va jamiyat nizomiga muvofiq jamiyatga yetkazilgan zararni to’liq hajmda qoplash uchun jamiyat oldida mas’ul hisoblanadi.

4.4. Jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarining bir foizidan kam bo’lmagan aksiyasi egasi hisoblangan jamiyat yoki aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun jamiyat direktoriga nisbatan da’vo bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.