Sayt test rejimida ishlamoqda!

Ta'ziyanoma

Hayotining 59 yilida O'zbekiston energetikasining faxriy ishchisi Ruslan Gazizovich Mubarakshin hayotdan ko'z yumdi.

Ruslan Gazizovich Mubarakshin 1962 yilda tug'ilgan. Mehnat faoliyatini 1985 yilda "Energiya" Birlashgan dispetcherlik markazida elektromontyorlik kasbi bilan boshlagan. 2001 yildan 2017 yilga qadar "O'zbekenergo" AJda turli lavozimlarni egallagan, 2011 – 2017 yillarda "Toshkent IEM" AJ Bosh direktori sifatida ishlagan, 2017 – 2019 yillarda "O'zbekenergo" AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo'yicha o'rinbosari sifatida ishlagan, 2019 – 2021 yillarda "issiqlik elektr stantsiyalari" AJ boshqaruv raisi sifatida va 2021 yilning fevral oyidan hozirgi kunga qadar "Chirchiq transformator zavodi" AJ Bosh direktori sifatida ishlab kelgan.

"Toshkent IEM" AJ mamlakatimizning energetikasi rivojiga butun umrini bahshida qilgan Ruslan Gazizovich Mubarakshinning vafoti munosabati bilan oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Ruslan Gazizovich Mubarakshinning yorqin xotirasi qalbimizda mangu qoladi.

"Toshkent IEM" AJ