Sayt test rejimida ishlamoqda!

Ikkita gaz turbina qurilmasini bunyod etish bo'yicha investisiya loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda

"Toshkent IEM" AJda har birining quvvati 32 MVt bo'lgan ikkita gaz turbina qurilmasini bunyod etish bo'yicha investisiya loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda. 

Qurilishda korxona va Turkiyaning "Çalik Enerji" kompaniyasi mutaxassislari tomonidan hajmi 45x60x5 kub metr hamda chuqurligi 5 metrdan ko'proq bo'lgan poydevor qurish uchun tuproq ishlari bajarildi.

Barcha temir-betonli konstruktsiyalar demontaj qilindi. Hozirda kotlovanni shakllantirish ishlari bajarilmoqda.