Sayt test rejimida ishlamoqda!

"Toshkent IEM" AJ amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarni ish bilan ta'minlaydi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 mart kunidagi videoselektor yig'ilishidagi topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida "Toshkent IEM" AJda talabalarni mehnat haqi to'lash sharti bilan ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etish bo'yicha tanlov tashkil etildi.

Tadbir avvalida mutaxassislar tomonidan "Issiqlik elektr stantsiyalari" aktsiyadorlik jamiyati hamda Toshkent issiqlik elektr markazi to'g'risida malumotlar berildi. "Issiqlik elektr stantsiyalari" AJ mutaxassislari talabalarni qiziqtirayotgan masalalar bo'yicha - O'zbekistonda issiqlik energetikasining hozirgi holati va rivojlanish darajasi, jahon energetikasi taraqqiyoti tendentsiyalari, mamlakatimizda boshqa muqobil energiya, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan keng foydalanish istiqbollari to'g'risida atroflicha javob berdilar. Qatnashgan 40 nafar talabalardan 2 nafariga amalyoot davri uchun xaq tolash rejalashtirilgan. "Issiqlik elektr stantsiyalari" aktsiyadorlik jamiyati tomonidan tanlab olingan 16 nafadan 8 nafari "Toshkent IEM" AJ da amalyoot o'tashi ko'zda tutilgan.

Tomonlar elektr stantsiyasi hamda oliy ta'lim muassasasining energetika fakulteti o'rtasida kelgusidagi aloqalarni va hamkorlikni kengaytirish va mustahamlash to'g'risida kelishib oldilar.