Sayt test rejimida ishlamoqda!

Navro`z bayrami muborak bo`lsin!

АJ «Toshkent IEM» ayni kunlarda nafaqat yurtimizda, balki sharqona yangi yil sifatida boshqa mamlakatlarda ham keng nishonlanayotgan Navro`z umumxalq bayrami bilan barchani muborakbod etadi.

O`zaro mehr-oqibat, millatlararo ahillik, bag`rikenglik ramzi bo`lgan Navro`z - Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng suyukli bayram hisoblanadi. Ana shunday ezgu g`oyalarga mujassam bo`lgan Navro`zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!    

Samimiy va chuqur hurmat ila, 

АJ «Toshkent IEM» jamoasi