Tarix

Chop etilgan 31.05.2015

TOSHKENT ISSIQLIK ELEKTR MARKAZI (IEM) NING RIVOJLANISH TARIXI

Toshkent IEMning qurilishi Toshkent to’qimachilik kombinatini issiqlik va elektroenergiya bilan ta’minlash maqsadida Sovet Xalq Komissarlarining 1934 yil 22 maydagi 1217-sonli Qaroriga muvofiq 1935 yilda boshlangan edi.

Stansiyalarni ishga tushirish ishlari 1939 yilning avgust oyida (birinchi navbat) bo’lib o’tdi, uning tarkibida НЗЛ-48/60 t/soat quvvatga ega ikkita qozon va quvvati 6000 kVt bo’lgan bitta turbogenerator bor edi.

1940 yilning iyul oyida 6000 kVt quvvatga ega 2-turbogeneratorni yig’ish va ishga tushirish bilan stansiya qurilishining birinchi navbati yakunlandi.

Yuzaga kelgan quvvat tanqisligi munosabati bilan IEM quvvatini 24 000 kVt ga oshirish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorni amalga oshirish maqsadida IEM da Astraxan IEM bilan demontaj qilingan 12 000 kVt quvvatga ega turbogenerator va Kiev DTES (ГРЭС) bilan demontaj qilingan (ikkinchi navbat) НЗЛ -70/85 t/soat quvvatga ega qozon yig’iladi.

Toshkent shahar joriy va qayta qurilayotgan sanoat korxonalari markazida joylashgan IEM ahamiyatining oshishi sababli 1951 yili IEM SSSR Energetika Vazirligi (Минэнерго) tizimiga o’tkazildi.

Ikkita qozon va quvvati 25 000 kVt ga ega АП-25-2 turbo-agregatini ishga tushirish (uchinchi navbat) bilan stansiyani kengaytirish ishlari davom etdi.

1960-1961 yillarda elektroenergiyadan foydalanish hajmining ortishi munosabati bilan kuchlanishi 110/35/6,3 kV bo’lgan 31 500 kVA quvvatga ega ikkita transformatorni o’rnatish orqali IEM podstansiyasini ta’mirlash ishlari o’tkazildi.

1961 yili Toshkent IEM shahar sanoat korxonalari orasida birinchi bo’lib tabiiy gazni yoqishga o’tkazildi, buning uchun 4 ta qozonni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Shaharda turar joy qurilishining ko’payishi markazlashgan issiqlik tizimini yaratish zarurligini taqozo etdi. 1963-1966 yillar mobaynida IEM da 350 Gkal quvvatga ega 4 ta suv isitish qozoni, 1300 t/soat quvvatga ega suvni kimyoviy tozalash sexi, 6 ta nasosga ega ko’ptarmoqli nasos stansiyasi o’rnatilidi va ishga tushirildi (to’rtinchi navbat).

1968-1969 yillarda qo’shimcha ravishda 2000 t/soat quvvatga ega suvni kimyoviy tozalash sexi va 8 ta ko’ptarmoqli nasoslarga ega 300 Gkal quvvatli uchta suv isitish qozoni o’rnatildi va ishga tushirildi (beshinchi navbat).

1973 yili IEM tuzilmaviy bo’linma sifatida «Toshkent issiqlik tarmog’i» («Таштеплосеть») tarkibiga kirdi. Keyinchalik, turar joy binolarining yaqin joylashganligi va og’ir sharoitlar sababli IEM ni kengaytirish ishlari amalga oshirilmadi.

1970 yili kuchlanishi 3,15  kV bo’lgan dvigatellarni taqsimlash uskunalari va kabel tarmog’ini tegishli ravishda qaytadan tiklash orqali 6,0 kV ga o’tkazish bo’yicha katta ishlar olib borildi.

1971 yili og’irlashgan vakuum tizimida ishlash uchun 3- va 4-turboagregatlar qaytadan tiklandi, bu esa turbina kondensatoridagi boshlang’ich suvni dastlabki isitish va stansiyaning Foydali ish koeffitsiyentini keskin oshirish imkonini berdi.

80-yillarda jismonan va ma’naviy jihatdan eskirgan uchta ilk generatorlar demontaj qilindi. Shu yillar davomida mazut xo’jaligi (tarmog’i) barpo etildi va bir qator qozonlar suyuq yoqilg’ini yoqish uchun qaytadan tiklandi.

1990 yili Toshkent IEM «Toshkent issiqlik tarmog’i» («Таштеплосеть») tarkibidan chiqarildi va mustaqil faoliyat yuritish huquqiga ega bo’ldi.

1997 yil 1 yanvardan boshlab Toshkent IEM ga yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil davlat korxonasi maqomi berildi.

2002 yil 16 avgustdan boshlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 9 martdagi 119-sonli Qarori va 2002 yil 28 iyundagi 180-sonli Qarorga binoan O’zR Davlat Mulk Qo’mitasining buyrug’iga muvofiq «Toshkent IEM» sho’ba korxonasi ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

Bugungi kunda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi «2011-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi 1442-sonli (2-ilova), 2010 yil 27 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2012 yil uchun investitsion dasturi to’g’risida»gi 1668-sonli (9-, 11- va 12-sonli ilovalari) va 2011 yil 5 oktabrdagi «Toshkent IEM energetik samaradorligini yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega kogerasion gaz turbinasini joriy qilish orqali oshirish» namunaviy loyihasini amalga oshirish ishlarini jadallashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risidagi 1624-sonli qarorlariga muvofiq namunaviy loyiha amalga oshirilmoqda.

2014 yil sentabr oyida «Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunning yangi tahririga asosan jamiyat Nizomiga o’zgartirishlar kiritildi, ya’ni «Toshkent IEM» OAJ – «Toshkent IEM» AJ ga aylantirildi, 2014 yil 5 sentabrda 451-sonli davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnomaga ega.  

 

KORXONANING QISQA TAVSIFI

«Toshkent IEM» AJ turar joy va kommunal soha hamda sanoat hududiga tutash bo’lgan sanoat korxonalarini elektr va issiqlik bilan ta’minlash manbalaridan biri hisoblanadi.

Stansiya Toshkent shahrining janubiy-g’arbiy qismi, to’qimachilik kombinatiga tutash yerda joylashgan.

 

Toshkent IEM ning mavjud quvvati:

elektr – 30 MBt, issiqlik 595 Gkal/soat va 415 t bug’/soatni tashkil etadi.

Qayta ishga tushirilgan quvvati:

elektr – 29 MBt, issiqlik – 40 t/s ni tashkil etadi.

Isitish va issiq suv bilan ta’minlash bo’yicha IEM ning ta’sir hududi shaharning 7 tumanini qamrab oladi.

Toshkent IEM xizmat ko’rsatadigan obyektlar soni 2158 birlikni tashkil etadi, jumladan, turar joylar – 1190 ta, maktab, bolalar bog’chalari, kasalxonalar – 209 ta, ma’muriy, sanoat va boshqa obyektlar – 759 ta birlikni tashkil etadi.

 

Elektr energiyasi va texnologik bug’ ishlab chiqarish

Bug’ qozonlari uchun ta’minlovchi suvni tayyorlash 180 t/s ishlab chiqarish quvvatiga ega 5-sonli suvni kimyoviy tozalash sexida amalga oshiriladi. So’ngra kimyoviy yo’l bilan tozalangan suv atmosfera deaeratorlarida kislorod va uglekislotalardan tozalanadi hamda umumiy bug’ ishlab chiqarish quvvati 415 t/s bo’lgan 1÷5-sonli stansiyaning bug’ qozonlariga uzatiladi. Bug’ qozonlaridan keyin o’tkir bug’ (Р=30 ata va  t=420°С) sanoat va kommunal iste’molchilarni texnologik bug’ bilan ta’minlash uchun bug’ni sanoat yo’li bilan saralash orqali (Р=8-13 ata, t=320-340°С) turbinaga kelib tushadi.

Turbina generatori bir vaqtning o’zida elektr energiyasini ishlab chiqaradi. АП-25 turbo-generatorining maksimal elektr energiyasi 22,5 MBT ni tashkil etadi. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi IEM ning shaxsiy va xo’jalik ehtiyojlari uchun ishlatiladi, shuningdek iste’molchilar ehtiyojlari uchun energiya tizimiga uzatiladi.

Turbogenerator to’xtab qolgan hollarda, iste’molchilarga bug’ reduksion-sovutish qurilmasi orqali bug’ qozonlaridan, shaxsiy va xo’jalik ehtiyojlari uchun elektr energiyasi esa energiya tizimidan keladi.

 

Isitish va issiq suv bilan ta’minlash ehtiyojlari uchun issiq suv ko’rinishida issiqlik energiyasini ishlab chiqarish

Toshkent shahrida mavjud issiqlik ta’minoti tizimi ochiq suv tizimiga ega ikki turbinli hisoblanadi, ya’ni issiq suv ham issiqlik, ham issiq suv bilan ta’minlash ehtiyojlari uchun to’g’ridan-to’g’ri quvurlar orqali iste’molchilarga uzatiladi. Binolarni isitish tizimiga o’z issiqligini bergan suv qaytuvchi quvur orqali ancha past harorat bilan IEM ga qaytib keladi, u yerda uni belgilangan haroratgacha isitish, issiq suv bilan ta’minlashga ketgan sarflarning o’rnini to’ldirish va iste’molchilarga uzatish ishlari amalga oshiriladi.

Suv aylanishi har birining ishlab chiqarish quvvati 1000 t/s bo’lgan 14 ta ko’ptarmoqli nasoslar orqali amalga oshiriladi. Ko’ptarmoqli suvni isitish umumiy ishlab shiqarish quvvati 650 Gkal/s bo’lgan 7 ta suv isitish qozonlarida amalga oshiriladi. Issiq suv bilan ta’minlashga ketadigan suv sarflari va issiqlik tarmoqlaridagi yo’qotislarning o’rnini to’ldirish quyidagi texnologik jarayon orqali amalga oshiriladi: shahar suv quvuriga keladigan suv turbina kondensatori orqali o’tadi, u yerda qizdiriladi va ishlab chiqarush quvvati 3200 t/s bo’lgan suvni kimyoviy tozalash sexi (3-4-sonli)ga yo’naltiriladi. 3-4 sonli suvni kimyoviy tozalash sexida mayin holatga keltirilgan suv navbatma-navbat suv isitgichlari, suv va bug’ issiqligini almashtirib beruvchi qurilma (boyler)dan o’tadi va qariyb 75 ºС  harorat bilan vakuumli deaeratorlarga uzatiladi, u yerda esa agressiv gazlar (kislorod va uglekislota)dan tozalash jarayoni yuz beradi.

Vakuumli deaeratorlardan o’tgan mayinlashgan va deaerlashgan suv ta’minlovchi nasoslar orqali ko’ptarmoqli nasoslarning so’rish qurilmasiga uzatiladi, u yerda qaytuvchi ko’ptarmoqli suv bilan aralashadi, so’ng ushbu nasoslar orqali suv isitish qozonlari, keyin esa Issiqlik kommunal energiya (Теплокоммунэнерго) issiqlik tarmog’i va nihoyat iste’molchilarga uzatiladi.

Yoz faslida iste’molchilar uchun isitish tizimi o’chirib qo’yilganda issiq suv bilan ta’minlash maqsadida suv bitta (to’g’ridan-to’g’ri yoki qaytuvchi) quvur orqali uzatiladi.

«Tosh IEM» AJ o’z mahsulotlarini sotish, stansiya uchun uskunalar, materillar, ehtiyot va butlovchi qismlar sotib olish, shuningdek ta’mirlash, qurilish-yig’ish ishlari va boshqa xizmatlarni amalga oshirish uchun to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzadi. «Tosh IEM» AJ asosiy ta’minotchilari quyidagilar:

GAZ – «Toshshahargaz» DK (ТГП)

SUV – «Suvsoz» DUK (ГУПТ)

MODDIY-TEXNIK VOSITALAR bilan ta’minlovchilar:

«O’zbekenergo» AJ va «O’zenergota’minlash» AJ.

«Tosh IEM» AJ aholiga issiq suv ko’rinishida yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi bilan ta’minlash uchun ulgurji xaridor – olib sotuvchi «Toshissiqquvati» UK (barcha yetkazib beriladigan issiqlik energiyasining 90%) va sanoat iste’molchilariga texnologik bug’ yetkazib beruvchi «TOSH – TIB TEX» QK bilan tog’ridan-tog’ri shartnomalarga ega.

IEM tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini tizim uchun sotishda «O’zbekenergosotish» Shahobchasi bilan shartnoma imzolangan.

«Tosh IEM» AJ iste’molchilar uchun yetkazib beradigan issiqlik va elektr energiyasini O’zR Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan va «O’zbekenergo» AJ bilan muvofiqlashtirilgan tariflar bo’yicha sotadi.

 

 

 

       
Manzil: Telefon: Faks: E-mail:
Tashkent sh., Bobur k., 58.

(+998 71) 255-35-21.

(+998 71) 215-60-91
info@tashtec.uz, 
tashtec@mail.ru